| Malaka darajasi | Bilim | Koʻnikma (mahorat) | Masʼuliyat va mustaqillik | Malaka darajasiga erishish yoʻllari |
|---|---|---|---|---|
|
1
|
Oʻquv yoki kasbiy faoliyat sohasi boʻyicha elementar va boshlangʻich umumiy bilimlar | Belgilangan qoidalarga muvofiq standart va oddiy vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar |
Oʻz harakatlari va ish natijalari uchun javobgarlik; Oʻzganing bevosita nazorati va kuzatuvi ostida ishlash |
boshlangʻich taʼlim
ish joyida qisqa muddatli oʻqitish (instruktaj)
yoki qisqa muddatli kurslar yoki amaliy tajriba |
|
2
|
Oʻquv yoki kasbiy faoliyat sohasi boʻyicha umumiy amaliy bilimlar | Standart vazifalarni oddiy qoidalar va instrumentlar yordamida bajarish va yoʻriqnoma boʻyicha harakat qilish uchun zarur boʻlgan amaliy va kognitiv koʻnikmalar |
Oʻz harakatlari va ish natijalari uchun javobgarlik; Nazorat ostida standart va oddiy vazifalarni bajarish |
umumiy oʻrta taʼlim
tayanch oʻrta taʼlim
1) umumiy oʻrta taʼlim
2) tayanch oʻrta taʼlim + ish joyida qisqa muddatli oʻqitish (instruktaj) yoki qisqa muddatli kurslar yoki amaliy tajriba |
|
3
|
Oʻquv yoki kasbiy faoliyat sohasi boʻyicha umumiy amaliy va kasbiy bilimlar | Belgilangan vazifalarni bajarish va muammolarni hal qilish uchun asosiy usullar, vositalar, materiallar va maʼlumotlarni saralash va foydalanish uchun zarur boʻlgan amaliy va kognitiv koʻnikmalar |
Oʻz harakatlari, ish natijalari va boshqalarning harakatlari uchun javobgarlik; Muammolarni hal qilishda zaruratdan kelib chiqib mustaqil qaror qabul qilish |
boshlangʻich professional taʼlim
oʻrta maxsus taʼlim
1) boshlangʻich professional taʼlim
2) oʻrta maxsus taʼlim 3) umumiy oʻrta taʼlim + norasmiy (informal) taʼlim yoki amaliy tajriba |
|
4
|
Oʻquv yoki kasbiy faoliyat sohasi boʻyicha keng qamrovli amaliy va nazariy bilimlar | Mehnat holati va uning oldindan aytish mumkin boʻlgan oʻzgarishlarini baholashni talab qiladigan muammolarni hal qilish uchun zarur boʻlgan amaliy va kognitiv koʻnikmalar |
Oʻz harakatlari va ish natijalari uchun javobgarlik; Oʻquv yoki kasbiy faoliyat sohasida oʻz faoliyatini mustaqil rejalashtirish va tashkil qilish |
1) oʻrta professional taʼlim
2) umumiy oʻrta (oʻrta maxsus) taʼlim yoki boshlangʻich professional taʼlim + norasmiy (informal) taʼlim yoki amaliy tajriba |
|
5
|
Oʻquv yoki kasbiy faoliyat sohasi boʻyicha ixtisoslashgan nazariy va amaliy bilimlar | Muammolarga ijodiy yechimlarni ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan keng qamrovli amaliy va kognitiv koʻnikmalar |
Biriktirilgan xodimlar harakatlari va ish natijalari uchun javobgarlik; Oʻquv yoki kasbiy faoliyat sohasidagi mehnat jarayonlarini mustaqil boshqarish va nazorat qilish |
1) oʻrta maxsus professional taʼlim
2) boshlangʻich professional taʼlim yoki oʻrta professional taʼlim + norasmiy (informal) taʼlim yoki amaliy tajriba |
|
6
|
Oʻquv yoki kasbiy faoliyat sohasi boʻyicha keng va integratsiyalashgan bilimlar, jumladan, ilmiy asoslar, ilmiy va nazariy muammolarni amaliy qoʻllash, shuningdek, eng muhim nazariyalar va usullar | Turli standartlar va tez-tez oʻzgarib turadigan talablarni hisobga olgan holda yangi yechimlarni ishlab chiqish, faoliyat, usullar va ularning natijalarini baholash uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar | Oldindan aytib boʻlmaydigan oʻquv yoki kasbiy faoliyat muhitida qarorlar qabul qilish va biriktirilgan xodimlarning kasbiy rivojlanishini boshqarish uchun javobgarlik |
1) bakalavriat
2) oʻrta maxsus professional taʼlim va amaliy tajriba |
|
7
|
Oʻquv yoki kasbiy faoliyat sohasi boʻyicha innovatsion yondashuvlar va/yoki ilmiy tadqiqotlarga asoslangan yuqori ixtisoslashgan bilimlar, shuningdek, bir soha yoki turli sohalarga oid oʻzaro bogʻliq bilimlar | Yangi bilim va texnologiyalarni ishlab chiqish va turli sohalardagi bilimlarni birlashtirish uchun ilmiy tadqiqot va/yoki innovatsiyalarda talab qilinadigan muammolarni hal qilish uchun zarur boʻlgan maxsus kasbiy koʻnikmalar | Oldindan aytib boʻlmaydigan sharoitlarda qaror qabul qilish, jamoalar strategik faoliyatini koʻrib chiqish uchun javobgarlik |
1) magistratura
2) yuqori darajadagi qoʻshimcha taʼlim (internatura, ordinatura, biznes boshqaruvi, davlat boshqaruvi va boshqa xalqaro tan olingan taʼlim) 3) mutaxassislik (spetsialitet) 4) bakalavriat va amaliy tajriba |
|
8
|
Murakkab gʻoyalarni tanqidiy tahlil qilish, baholash va sintez qilish uchun zarur boʻlgan ilmiy va kasbiy faoliyat sohasidagi eng ilgʻor innovatsion va ixtisoslashgan bilimlar | Yangi bilim va yechimlarga olib keladigan loyihalarni tadqiq qilish, ishlab chiqish va amalga oshirish, ilmiy va innovatsion faoliyat natijalarini prognoz qilish, kasbiy va ijtimoiy sohada keng koʻlamli oʻzgarishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan eng ilgʻor va maxsus koʻnikmalar | Yirik institutsional tuzilmalar darajasida qarorlar qabul qilish va strategiyani belgilash, murakkab ijtimoiy, sanoat va ilmiy jarayonlarni boshqarish uchun javobgarlik |
1) doktorantura (PhD, DSc), unga tenglashtirilgan va undan yuqori boʻlgan xorijiy davlatlar ilmiy darajalari
2) magistratura yoki ilmiy unvon olishga yoʻnaltirilgan oliy taʼlimdan keyingi taʼlim + amaliy tajriba 3) yuqori darajadagi qoʻshimcha taʼlim (internatura, ordinatura, biznes boshqaruvi, davlat boshqaruvi va boshqa xalqaro tan olingan taʼlim) va amaliy tajriba |